«2023-yilda vafot etganlar» tegli maqolalar


Kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev vafot etdi
19 noyabr 2023, 15:46

Kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev 78 yoshida vafot etdi. U 1992−1996-yillarda Davlat kinokompaniyasining raisi, prezidentning davlat maslahatchisi va madaniyat ishlari vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Amerikalik aktyor Mettyu Perri vafot etdi
29 oktabr 2023, 09:55

Amerikalik aktyor Mettyu Perri vafot etdi

Amerikalik mashhur aktyor Mettyu Perri 54 yoshida vafot etdi. U “Do‘stlar” seriali, shuningdek, “Uch kishilik tango”, “To‘qqiz yard” va boshqa ko‘plab filmlardagi roli bilan tanilgan.

O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev vafot etdi
22 oktabr 2023, 09:19

O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev vafot etdi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tizimida qariyb 30 yil ekskavator mashinisti sifatida ishlagan O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev 69 yoshida vafot etdi.

Nazir Rajabov 84 yoshida vafot etdi
11 oktabr 2023, 16:46

Nazir Rajabov 84 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston SSR Qurilish vazirligi, Namangan va Samarqand viloyatlarini boshqargan Nazir Rajabov 84 yoshida vafot etdi.

Jurnalist Suriya Magdeyeva vafot etdi
5 oktabr 2023, 14:38

Jurnalist Suriya Magdeyeva vafot etdi

“Darakchi plyus” gazetasi jurnalisti Suriya Magdeyeva kasallikdan so‘ng 43 yoshida vafot etdi.

“Garri Potter” filmlarida Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon vafot etdi
28 sentabr 2023, 17:47

“Garri Potter” filmlarida Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon vafot etdi

Garri Potter haqidagi filmlarda Albus Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon 82 yoshida pnevmoniyadan ko‘z yumdi.

“O‘zbek adabiyotining tirik ensiklopediyasi edi”. Jamoatchilik akademik Naim Karimov haqida
17 sentabr 2023, 19:20

“O‘zbek adabiyotining tirik ensiklopediyasi edi”. Jamoatchilik akademik Naim Karimov haqida

Adabiyotshunos olim va akademik Naim Karimovning vafoti jamoatchilikni chuqur qayg‘uga soldi. Faollar ijtimoiy tarmoqlarda olimning hayoti, ijod yo‘li va faoliyati bilan bog‘liq iliq xotiralarni esga oldi. “Gazeta.uz” ularning bir qismini bir materialga jamladi.

Akademik Naim Karimov vafot etdi
17 sentabr 2023, 11:46

Akademik Naim Karimov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim va akademik Naim Karimov 90 yoshida vafot etdi.

O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov 77 yoshida vafot etdi
1 avgust 2023, 20:13

O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov 77 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov 77 yoshida vafot etdi. “Olamni asrang”, “Ra'no”, “Soy ko‘rdim”, “Ajab sirlar” singari yuzlab qo‘shiqlar ijrochisi bo‘lgan san’atkor 1987-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni, 2020-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Fotojurnalist Yuriy Korsunsev vafot etdi
26 iyul 2023, 09:35

Fotojurnalist Yuriy Korsunsev vafot etdi

Taniqli fotojurnalist Yuriy Korsunsev og‘ir xastalikdan so‘ng olamdan o‘tdi. U ko‘plab nashrlar, jumladan, bir necha yil davomida “Gazeta.uz” va Afisha.uz bilan hamkorlik qilgan.

Yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 58 yoshida vafot etdi
25 iyul 2023, 16:53

Yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 58 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 58 yoshida vafot etdi.

Bloger Asad Algo o‘limi yuzasidan jinoyat ishi ochildi
20 iyul 2023, 15:53

Bloger Asad Algo o‘limi yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Bloger Asad Algo (Asadbek Arzikulov) o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘limidan 3 kun oldin u tanishi bilan janjallashib qolgan, oqibatda bloger og‘ir jarohat olgan, ammo tibbiy muassasaga murojaat qilmagan.

20 yoshli instabloger Asad Algo vafot etdi
20 iyul 2023, 10:13

20 yoshli instabloger Asad Algo vafot etdi

Instagram`da milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger Asad Algo jarrohlik amaliyotidan so‘ng 20 yoshida vafot etdi. Uning ko‘cha bezorilari hujumiga uchragani aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.

Aktyor Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi
19 iyul 2023, 21:51

Aktyor Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi. U umrining so‘ngiga qadar O‘zbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritdi. Aktyor “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” teleko‘rsatuvi, ko‘plab videofilm, telepostanovka, tele va radiospektakllarda rollar ijro etgan.

Jurnalist-tadqiqotchi Mavlon Shukurzoda vafot etdi
1 iyul 2023, 18:03

Jurnalist-tadqiqotchi Mavlon Shukurzoda vafot etdi

Taniqli jurnalist va yozuvchi Mavlon Shukurzoda 69 yoshida vafot etdi. U 20 dan ortiq kitob, jumladan, “Amerikalik o‘zbeklar”, “Paxtakor-79” va boshqalarni yozgan. Yuzlab maqolalari chop etilgan.

Jurnalist Qudrat Irnazarov 73 yoshida vafot etdi
21 iyun 2023, 15:05

Jurnalist Qudrat Irnazarov 73 yoshida vafot etdi

Tarix fanlari doktori, faxriy jurnalist Qudrat Irnazarov 73 yoshida vafot etdi. Professor 2008-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Telejurnalist Nozima Mahmudova 31 yoshida vafot etdi
27 may 2023, 15:27

Telejurnalist Nozima Mahmudova 31 yoshida vafot etdi

“Yoshlar” telekanali boshlovchisi Nozima Mahmudova 31 yoshida vafot etdi. Bunga jurnalistda o‘tkazilgan yurak operatsiyasi sabab bo‘lgani aytildi.

Raqqosa Qizlarxon Do‘stmuhammedova 77 yoshida vafot etdi
26 may 2023, 09:26

Raqqosa Qizlarxon Do‘stmuhammedova 77 yoshida vafot etdi

O‘zbek raqs san’atida o‘z maktabini yaratgan Qizlarxon Do‘stmuhammedova 77 yoshida vafot etdi. U “O‘zbekiston xalq artisti” bo‘lib, “El-yurt hurmati” ordeniga ham loyiq ko‘rilgan.

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi
14 may 2023, 09:02

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi. Shoira uzoq yillar “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri va bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Futbol murabbiyi Viktor Jalilov 71 yoshida vafot etdi
8 may 2023, 13:02

Futbol murabbiyi Viktor Jalilov 71 yoshida vafot etdi

“Paxtakor” va “Navbahor” klublari bilan O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan murabbiy Viktor Jalilov 71 yoshida vafot etdi. U O‘zbekiston U-22 jamoasini ham boshqargan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting